O‘zbekistonda “juda kam” kengashlar ayrim soliqlar bo‘yicha oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlaridan amalda foydalanmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. U kengashlarni Toshkentdan ko‘rsatma kutmasdan, faol bo‘lishga chaqirdi.
Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilgach, aholi hokimlarni bevosita saylash huquqiga ega bo‘ladi, dedi senator Tolibjon Madumarov. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati hamda kengash nazorati to‘g‘risidagi qonunlar loyihasi tayyor. Hokimlar saylovi yo‘lga qo‘yilishi haqida 2016 yildan beri gapiriladi.
O‘zbekistonda kommunal sohadagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishiladi. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Xabar qilinishicha, quvurlar eskirgani sababli har yili qariyb 500 mln kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m isrof bo‘lmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting